Sentyabr oyida 84,6 mingta yengil avtomobil sotilgan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida aytiladi.
Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning avgust oyiga nisbatan bu ko‘rsatkich 6,4 foizga kamaygan. Eng katta pasayish Surxondaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida qayd etildi.
Shu bilan birga, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida savdo o‘sishi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, shu oyda 7,8 mingta elektromobil sotilgan — bu avgust oyiga nisbatan 21,6 foizga ko‘p.