22 oktyabr kuni O‘zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 9 mlrd kVt/soatga yetdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatda umumiy quvvati 4 ming 682 megavatt bo‘lgan 12 ta quyosh va 5 ta shamol elektr stansiyasi faoliyat yuritmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, “yashil energiya” ishlab chiqarishning bunday hajmi hisobiga 2,73 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalgan va atmosferaga 4 mln tonna zararli moddalar chiqishining oldi olingan.

22-sentyabr kuni quyosh va shamol stansiyalari ishlab chiqarish hajmi 8 milliard kVt/soatni tashkil etdi, bu qayta tiklanadigan energiya sektorining jadal o‘sishidan dalolat beradi.