Xatirchi tumanida uch yil davomida farzandlari ta’minoti uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy telekanali reportajida so‘z boradi.
Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, ikki farzandning otasi alimentdan 63 mln so‘m qarzdor bo‘lib qolgan. Shu munosabat bilan u qidiruvga berilgan.
Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida u Xatirchi tumanidagi molxonalardan birida odil sudlovdan yashirinib yurgan vaqtida topilgan.
Sud erkakni aliment to‘lash majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganlikda aybdor deb topdi. Unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.