23-oktyabr kuni Toshkentning Yangihayot tumanidagi bir qator joylarda gaz o‘chiriladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” axborot xizmati xabar bermoqda.
Gaz ta’minoti uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Yorqin hayot, Do‘stlik, Charog‘on, Zarbdor, Yo‘ldosh, Chorbog‘ va Viqor mahallalarida soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Soat 08:00 dan 20:00 gacha 5 ta AYoQShda, shuningdek, Qibray tumanidagi ulgurji iste’molchilarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi, shundan so‘ng gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi. Uchastkalardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkin va keltirilgan noqulayliklar uchun ulardan uzr so‘raldi.