Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi MLSning “Inter Mayami” klubi bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda futbol jamoasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kelishuv 2028-yilgacha mo‘ljallangan. 38 yoshli argentinalikning avvalgi shartnomasi 2025-yil oxirigacha mo‘ljallangan edi.

Lionel Messi 2023-yilning yozidan beri “Inter Mayami” sharafini himoya qilmoqda. O‘sha yili u bilan birga jamoa klub tarixidagi birinchi kubok — Liga kubogini qo‘lga kiritdi. 2024-yilda jamoa MLS muntazam chempionatida g‘olib chiqdi.