Hukumat qurilish sohasi va turar-joy majmualari nomlariga oid o‘zgartirishlarni tasdiqladi. Tegishli qaror 22-oktyabr kuni imzolangan.

2026-yil 1-yanvardan boshlab quriladigan turar joy majmualari davlat tilida, til qoidalari va me’yorlariga mos keladigan nomlarga ega bo‘lishi kerak.

Davlat tili, shuningdek, obyekt pasporti, qurilish maydonchasining vaqtinchalik to‘siqlari, reklama va qurilayotgan obyektlar to‘g‘risidagi e’lonlardagi peshlavhalar va boshqa yozuvlar uchun ham qo‘llanilishi kerak.

Hujjatda hududiy qurilish inspeksiyalarining qurilishni boshlash va obyektlardan foydalanish uchun ruxsatnomalar berishdagi ishtirokini kengaytirish nazarda tutilgan. Quruvchilar ularga mualliflik, texnik va ichki nazorat bo‘yicha hujjatlarni taqdim etadi.