Qashqadaryoda chaqaloqni ikki marta sotishga uringan hamshira sudlandi. Bu haqda Millar reportajida aytiladi.
2023-yilda Koson tuman tibbiyot birlashmasi poliklinikasining 32 yoshli hamshirasi bolaning onasi bilan til biriktirib, uch yoshli qizchani boshqa ayolga 19,7 mln so‘mga sotgan. Ayblanuvchi, shuningdek, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olishda yordam berish uchun 2 mln so‘m talab qilgan.
Ikki yildan so‘ng hamshira 60 yoshli erkak bilan til biriktirib, qizni yana 15 ming dollarga sotishga uringan. Keyinchalik huquq-tartibot idoralari xodimlari uni qo‘lga olgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudi uni Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi “a” bandi va 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi “b” bandi bilan aybdor deb topgan.
Hamshira ikki yil-u olti oyga ozodlikdan mahrum etildi, shuningdek, unga BHMning 30 baravari miqdorida jarima to‘lash majburiyati yuklandi. Jinoiy sherik uch yilga ozodlikni cheklash va 30 BHM jarimaga tortildi.