Toshkentda The Tower Hotel mehmonxonasi kiraverishida qizni himoya qilishga uringan Boris Avakyanni bir necha marta urgan 29 yoshli Akmal Shukurovga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sud erkakni Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “e” bandi, 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi hamda 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan aybdor deb topib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (Bir necha jinoyatni birga sodir etganlik uchun jazo tayinlash) ni qo‘llab, 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Qayd etilishicha, taraflar sud hukmi ustidan belgilangan muddatda shikoyat qilish huquqiga ega.