24-oktyabr kuni Toshkentning Chilonzor va Sergeli tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” axborot xizmati xabar bermoqda.

Gaz ta’minoti uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi mahallalarda soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:

  • Sergeli tumani — soat 10:00 dan 17:00 gacha, Sultonobod va Xontepa mahallalari;
  • Chilonzor tumani — soat 10:00 dan 18:00 gacha, Bekto‘pi va Al-Xorazmiy mahallalari.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.