2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal ish haqi 6,1 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi hisobotida aytiladi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 19,2 foizni tashkil etdi.
Toshkent shahri aholisi eng ko‘p maosh oladi — o‘rtacha oylik ish haqi 10,3 mln so‘mni tashkil etadi (18,7 foizga o‘sish).
Ikkinchi o‘rinda Navoiy viloyati — 7,6 mln so‘m (+15,1%), uchinchi o‘rinda Toshkent viloyati — 5,8 mln so‘m (+17,3%).