AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor va davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau 26-30 oktyabr kunlari Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, Gor va Landau hukumat vakillari bilan uchrashib, iqtisodiyot va xavfsizlikka oid keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladi.
Qo‘shma Shtatlar munosabatlarni mustahkamlash va savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida Markaziy Osiyodagi hamkasblarimiz bilan hamkorlikni davom ettiradi. Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga umid qilamiz hamda AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi C5+1 diplomatik platformasi doirasidagi sheriklikning o‘n yilligini nishonlaymiz, — deyiladi xabarda.