Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning yangilangan qiymatini taqdim etdi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, rubldan tashqari barcha kotirovkalar arzonlashgan. 28-oktyabr kungi asosiy kurslar quyidagicha bo‘ladi:

  • AQSH dollari — 12 053,46 so‘m
  • Yevro — 14 026,61 so‘m;
  • Rossiya rubli — 152,43 so‘m.

Shuningdek, Markaziy bank 27-oktyabr uchun oltin o‘lchov quymalari narxini yangiladi: ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining 1 gramm oltini 1 634 640 so‘mni tashkil etadi. Quyida o‘lchovli quymalarning kotirovkalari keltirilgan:

  • 5 gramm — 8 173 000 so‘m;
  • 10 gramm — 16 346 000 so‘m;
  • 20 gramm — 32 693 000 so‘m;
  • 50 gramm — 81 732 000 so‘m;
  • 100 gramm — 163 464 000 so‘m.