Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakilasi Svetlana Osipova Xitoyda o‘tayotgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, +73 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchi finalda turkiyalik Nafisa Kushga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa Svetlana Osipova kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu Osipovaning jahon chempionatlaridagi uchinchi medalidir. Bungacha uning hisobida bittadan oltin va kumush medal bor edi.