Veolia Energy isitish va issiq suv tariflaridagi o‘zgarishlar qachon kuchga kirishini ma’lum qildi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, narxlar 2025-yil 12-noyabrdan oshadi.

Hujjat bilan quyidagi tariflar (QQSsiz) tasdiqlandi:

  • bazaviy tarif — 711 641 so‘m/Gkal;
  • aholi uchun — 139 860 so‘m/Gkal;
  • budjet tashkilotlari uchun — 952 797 so‘m/Gkal;
  • yuridik shaxslar uchun — 342 296 so‘m/Gkal.

Tariflar tizim operatori tomonidan taqdim etilgan iqtisodiy hisob-kitoblar va texnik ma’lumotlar asosida tasdiqlandi. Mablag‘lar faqat issiqlik va issiq suv ta’minotiga, shuningdek, poytaxtning issiqlik ta’minoti infratuzilmasini ta’mirlash va yangilashga yo‘naltiriladi.