Rossiyada rus tili ona tili bo‘lgan xorijliklarning farzandlarini maktabga kirish uchun majburiy rus tili testidan ozod qilish taklif qilindi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
Qonun loyihasini RFKP deputatlari Mixail Matveyev, Oleg Mixaylov va Sergey Obuxov taklif qilgan. Mualliflar ta’kidlaganidek, rus tili yagona ona tili bo‘lgan va madaniy jihatdan Rossiyaga yaqin bo‘lgan chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlari uchun rus tilini bilish darajasini majburiy tekshirishdan ma’no yo‘q.
Majburiy test sinovlaridan ozod etilishi rejalashtirilgan fuqarolar toifasiga repatriantlarni ham kiritishmoqchi. Qayd etilishicha, rus tili bo‘yicha test sinovlaridan ozod qilish tartibini mamlakat Ta’lim vazirligi belgilaydi.