29-oktyabr kuni Toshkentning Yangihayot va Olmazor tumanlarida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” axborot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Shu munosabat bilan soat 10:00 dan 18:00 gacha quyidagilar gazsiz qoldirildi:
- Yangihayot tumani: Chortoq mahallasi;
- Olmazor tumani: Chustiy mahallasi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.