1-2 noyabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, kunduzi havo harorati 15-20 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
3 noyabrdan shimoliy hududlarga, 4 noyabrda O‘zbekistonning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
Respublika viloyatlarida 3-5 noyabr kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.
4-7 noyabrda havo harorati kechalari 0-3 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi, ba’zi joylarda sovuq, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha bo‘lishi mumkin.
Keyinchalik noyabr oyining oxirigacha harorat kechalari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqdan 5-10 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqdan 18-23 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Noyabr oyida o‘rtacha oylik harorat me’yordan 1-1,5 darajaga past, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Noyabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida ba’zi kunlarda (2-3 kun) asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kutilmoqda.