O‘zgidromet sinoptiklari o‘zbekistonliklarni sovuq havo massalari kirib kelishi va haroratning keskin o‘zgarishi haqida ogohlantirdi.
Sovuq havo 3-noyabrda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-6-noyabrda esa butun respublika hududiga kirib keladi. Shu munosabat bilan mamlakatda ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
3-5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi. Keyinchalik, 4-6 noyabr kunlari, sinoptiklarning kutilmalariga ko‘ra, havo harorati asta-sekin pasayadi: kechalari 0-3 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda sovuq, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha bo‘lishi mumkin.