O‘zbekistonda 2025-yilda isitish mavsumida 1,1 millionga yaqin oilaga 1 million so‘m miqdorida moddiy yordam beriladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
822 ming kishi ijtimoiy reyestrda, yana 290 mingdan ortiq fuqaro “Mahalla yettiligi” tizimi orqali qo‘shimcha aniqlangan. Qayd etilishicha, qo‘shimcha ro‘yxatga yana 10 ta oila toifasi kiritiladi:
- tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lgan oilalar – 76,3 ming;
- faqat pensiya hisobidan yashovchi oilalar – 69,7 mingta;
- boquvchisi mehnat migratsiyasida bo‘lgan oilalar – 34,7 ming;
- boquvchisini yo‘qotganlar – 33,8 ming;
- og‘ir kasallikka chalingan shaxs yashaydigan oilalar – 23,7 ming;
- yolg‘iz keksalar — 7 ming;
- gaz tarmog‘iga ulanmagan oilalar – 2 ming;
- bitta uyda uchtadan ko‘p yashaydigan oilalar — 26,2 ming;
- vaqtincha ishsizlar — 15,1 ming;
- yolg‘iz yashovchi shaxslar — 2,3 ming
Ushbu dastur doirasida hokimiyat Davlat byudjetidan jami 1,2 trln so‘m ajratishni rejalashtirmoqda.