Toshkent viloyatida yangi aeroport qurilishi uchun O‘rta Chirchiq tumanidagi turar-joy binolari buziladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, tuman hokimi Ixtiyor Qosimov tumanning Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi va yangi aeroport quriladigan hududda joylashgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashgan. Fuqarolarga uy-joy va fermer xo‘jaliklari egalariga kompensatsiya to‘lash tartibi va mexanizmlari tushuntirildi.
Shuningdek, aholi tomonidan ko‘tarilgan savollarga javoblar tarzida muloqot o‘tkazildi. Xalqobod va Yangiyo‘l mahallalari buzilmoqda.
Avvalroq Toshkent yaqinidagi yangi xalqaro aeroport loyihasi tafsilotlari ma’lum bo‘lgandi.