30-oktyabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida suv ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda suv ta’minoti korxonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

30 oktyabr soat 09:00 dan 31 oktyabr soat 09:00 gacha Gulsanam ko‘chasida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • TTZ-1 massivi: Qozonxonalar — 2 ta. 2-DMTT Bolalar bog‘chasi 211-maktab Ko‘p qavatli uylar: (1a, 30a, 45, 44, 43, 46, 42, 41, 1, 2, 3, 28, 29, 35, 38, 37, 2a, 3a, 30, 31, 32, 33, 34);
  • Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi: Ko‘p kvartirali uylar: (481, 483, 485, 469);
  • Gulsanam ko‘chasi: Ko‘p qavatli uylar: (10, 12, 14, 16, 18, 20, 22, 24, 26, 28, 30);
  • TTZ-2 massivi: Ko‘p qavatli uylar: (7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 4/1, 4/2, 2, 3) Qozonxonalar – 2 ta. 5-yotoqxona 13 va 6-poliklinikalar 248-maktab, 504 va 375-bolalar bog‘chalari.

Iste’molchilar uchastkalarda ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirilib, keltirilgan noqulayliklar uchun ulardan uzr so‘raldi.