Toshkentning Yashnobod tumanida elektr ta’minoti qisman uzildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mutaxassislar “Olmos” podstansiyasidagi tayanchlarni demontaj qilish ishlarini olib borishmoqda. Shu munosabat bilan soat 17:00 gacha quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:

  • Qiyatariq, Abadiyat, Bahor, Igorshox ko‘chalari, Yangi hayot mavzesi, Arg‘in, Pungan va Tovqintepa mahallalari.