O‘zbekistonda isitish mavsumida aholi uchun gaz iste’molining bazaviy normasi 5 barobarga oshirilib, 500 kub metrgacha yetkaziladi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, noyabrdan fevralgacha oyiga 500 m³ limit o‘rnatiladi. Mart-oktyabr oylarida 100 m3 ni tashkil etadi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati kabi sovuq iqlimli hududlar uchun kuz-qish mavsumida iste’molning yuqori darajasini hisobga olgan holda, 500 m³ me’yor oktyabrdan fevralgacha qo‘llaniladi.
Ehtiyojmand oilalarga har oyda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya to‘lanadi: elektr energiyasi bo‘yicha — bazaviy me’yordan ortiqcha 150 kVt/soatgacha, tabiiy gaz bo‘yicha — qish oylarida 250 m³ gacha va qolgan oylarda 150 m³ gacha. Agar ilgari kompensatsiya faqat qishda to‘langan bo‘lsa, endi u yil davomida har oyda beriladi.
2025-2026 yillarda isitish mavsumi boshlanishidan oldin (noyabr oyida) har bir ehtiyojmand oilaga 1 mln so‘mdan moddiy yordam ajratiladi.