Senat ijro ishi yuritishning soddalashtirilgan shaklidan foydalanishni kengaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Oliy Majlis yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tuzatishlar qarzlarni soddalashtirilgan tartibda undirish uchun kengroq imkoniyatlarni nazarda tutadi. Ayni paytda u sud hujjatlari bo‘yicha jarimalar, soliq qarzlari, davlat bojlari va pochta xarajatlarini undirishda qo‘llanilmoqda.

Ularga kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzlar, ko‘p kvartirali uylar mulkdorlarining badallari bo‘yicha qarzlar, pochta aloqasi va videokonferensaloqa xarajatlari qo‘shiladi. Soddalashtirilgan tartibni 5 BHM (2,06 mln so‘m) gacha bo‘lgan qarzlar uchun qo‘llash rejalashtirilmoqda.

O‘zgartirishlar MIB xodimlarining ish yukini kamaytirishi va qarzlarni tezkorlik bilan undirishni ta’minlashi kerak. Qonun kuchga kirishi uchun uni prezident imzolashi kerak.