Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning yangilangan qiymatini taqdim etdi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, tengedan tashqari barcha kotirovkalar arzonlashgan. 1-noyabrdagi asosiy kurslar quyidagicha bo‘ladi:

  • AQSH dollari — 12 005,09 so‘m
  • Yevro — 13 898,29 so‘m;
  • Rossiya rubli — 148,57 so‘m.

Markaziy bank, shuningdek, 31-oktyabr uchun oltin o‘lchov quymalari narxini yangiladi: ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining 1 gramm oltini 1 585 950 so‘mni tashkil etadi. Quyida o‘lchovli quymalarning kotirovkalari keltirilgan:

  • 5 gramm — 7 930 000 so‘m;
  • 10 gramm — 15 860 000 so‘m;
  • 20 gramm — 31 719 000 so‘m;
  • 50 gramm — 79 298 000 so‘m;
  • 100 gramm — 158 595 000 so‘m.