O‘zbekiston Shimoliy Muz okeanidagi Shpitsbergen arxipelagidagi Jahon urug‘lik omboriga qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari namunalarini topshirdi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Qiyomat kuni ombori” deb ataluvchi korxona qovun, tarvuz, pomidor, qalampir, baqlajon, sabzi, piyoz va bug‘doyning 20 dan ortiq o‘zbek navlari urug‘larini oldi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bug‘doyning “Qayroqtosh” navi alohida ahamiyatga ega.

Bu jarayon qishloq xo‘jaligi ekinlarining genetik xilma-xilligini saqlash, milliy genofondni mustahkamlash va xalqaro oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarda muhim bosqich bo‘ldi.