Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida hamkasbiga intim video yuborgan 19 yoshli yigitga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Poytaxtdagi restoranlardan birida ofitsiant bo‘lib ishlovchi yigit 18 yoshli qiz bilan bir ish joyida bo‘lgan vaqtida o‘zining jinsiy a’zosini videoga olgan va bu videoni qizga Telegram orqali yuborgan. Keyinchalik unga jinsiy aloqa qilishga undovchi behayo xabarlar yuborgan.
Sud qarori bilan fuqaro MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik) bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.