1-noyabrdan Toshkent yerusti halqa metro liniyasi faoliyati qayta tiklandi. Bu haqda poytaxt metropoliteni matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur yo‘nalish yo‘lovchilar uchun to‘liq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirda ushbu yo‘nalishda 7 daqiqalik interval bilan 12 ta poyezd harakatlanmoqda.
Rejali profilaktik ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli poyezdlar harakati to‘xtatildi. Ishlar bir necha oy davomida olib borildi. Rejalashtirilgan tadbirlar doirasida keng ko‘lamli tekshiruvlar o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.