Farg‘onada yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi. Bu haqda “Ovoza” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Hodisa 2025-yil may oyida Shohimardonobod mahallasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Aniqlik kiritilishicha, Nexia-3 haydovchisi tezlikni oshirib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va u yerda Tico avtomobili bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida Tico haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Ikki nafar bola va bir ayol ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Sud Nexia-3 haydovchisini Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan aybdor deb topdi.
U uch yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sud jabrlanuvchilar foydasiga 100 mln so‘m undirish to‘g‘risida qaror chiqardi.