O‘zbekiston 2026-yildan AQSH fuqarolari uchun vizalarni bekor qiladi. Bu haqda O‘zA prezidentning 3 noyabrdagi (PF-203) farmoniga tayanib xabar bermoqda.

2026-yil 1-yanvardan boshlab AQSH fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kungacha vizasiz rejim o‘rnatiladi.

2025-yil may oyida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlarini tasdiqlagan edi. Prezident farmonida boshqa davlatlardan O‘zbekistonga kirishni soddalashtirish ham ko‘zda tutilgan.