2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida 5 895 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov ma’lum qildi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan YTHlar soni 3,8 foizga kamaygan. Jarohatlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar soni 4 759 tadan 4 592 taga (3,5 foizga), o‘lim holatlari soni 1 368 tadan 1 303 taga (4,8 foizga) kamaydi.

Piyodalar ishtirokidagi YTHlar ham kamaydi — 2 855 tadan 2 689 tagacha (5,8 foizga) pasayish qayd etildi.