Donald Trampning aytishicha, AQSH Nigeriyaga qo‘shin yuborishi yoki u yerda havo hujumlari uyushtirishi mumkin. Oq uy rahbarining so‘zlari RBK tomonidan keltirilgan.
Ehtimol. Men ko‘p narsani taxmin qilaman. Ular Nigeriyada rekord darajadagi nasroniylarni o‘ldirishmoqda. Ular nasroniylarni o‘ldirmoqda va ko‘plab o‘ldirmoqdalar. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz, — dedi respublikachi.
AQSH prezidenti radikal guruhlar tomonidan xristianlarning ommaviy o‘ldirilishi sababli Nigeriyaga “alohida xavotirga molik mamlakat” maqomini berdi.
Nigeriya hukumati Trampning mamlakatda xristianlik yo‘qolib ketish xavfi ostida ekani haqidagi bayonotini rad etdi. TIV ekstremistik guruhlar tomonidan minglab nasroniylarning ommaviy o‘ldirilishi haqidagi da’volarni noto‘g‘ri va mamlakatdagi haqiqiy xavfsizlik holatini aks ettirmaydigan deb atadi.
Bir kun avval Donald Tramp Pentagonga Nigeriyada ehtimoliy harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko‘rishni topshirgan edi.