2026-yil oxirigacha Chirchiqda “Aqlli shahar” tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rasmiylarga ko‘ra, tizim shahar xizmatlarini boshqarishni avtomatlashtirish imkonini beradi. U tunu kun ishlaydi, aholining murojaatlarini real vaqt rejimida qabul qiladi, kommunal muammolarni aniqlaydi va bartaraf etadi.
Sun’iy intellekt shahar infratuzilmasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bashorat qilish va oldini olishga yordam beradi. Loyiha shaharni boshqarish samaradorligini oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash imkonini berishi kutilmoqda.