Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning yangilangan qiymatini taqdim etdi.
Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, tenge va iyenadan tashqari deyarli barcha kotirovkalar arzonlashgan. 5-noyabr kungi asosiy kurslar quyidagicha bo‘ladi:
- AQSH dollari — 11 950,63 so‘m;
- Yevro — 13 744,42 so‘m;
- Rossiya rubli — 147,70 so‘m.

Markaziy bank 4-noyabr uchun oltin o‘lchov quymalari narxini ham yangiladi: ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining 1 gramm oltini 1 597 450 so‘mni tashkil etadi. Quyida o‘lchovli quymalarning kotirovkalari keltirilgan:
- 5 gramm — 7 939 000 so‘m;
- 10 gramm — 15 879 000 so‘m;
- 20 gramm — 31 758 000 so‘m;
- 50 gramm — 79 394 000 so‘m;
- 100 gramm — 158 788 000 so‘m.
