Farg‘onada erkak o‘zaro janjalda xotini va farzandini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 3-noyabr kuni sodir bo‘lgan. 34 yoshli erkak va uning 27 yoshli turmush o‘rtog‘i o‘rtasida bola uchun aliment to‘lash masalasida mojaro kelib chiqqan.

Janjal paytida u xotini va 2023-yilda tug‘ilgan ikki yoshli qizini pichoqlab, voqea joyidan yashiringan. Olingan jarohatlar oqibatida ayol va bola shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, tergov ishlari olib borilmoqda.