Andijonda yer ajratish evaziga pul talab qilgan tuman hokimi o‘rinbosari qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Amaldor hujjatlarni “yuqori martabali tanishlari” orqali rasmiylashtirishni taklif qilib, yo‘l yoqasidan yer ajratib berishni va’da qildi, u yerda 400 metrlik suv kanali yopiq tizimga o‘tkazilgandan so‘ng 60 sotix maydon hosil bo‘ldi.

Bu yerda 8 ta savdo paviloni qurilishi rejalashtirilgan. U o‘z xizmatlari uchun fuqarodan 15 ming dollar talab qilgan. Davlat xizmatchisi kelishilgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, IIV hokim o‘rinbosari aynan qaysi tumanda qo‘lga olinganini ochiqlamagan.