1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 149 465 nafar jismoniy shaxs ixtiyoriy ravishda kredit olishni taqiqlagan. Bu haqda Kredit-axborot tahlil markazi xabar bermoqda.

Tegishli xizmat 6-iyundan ishga tushdi. U shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reestridan kiritish yoki chiqarib tashlash imkonini beradi.

Qarzlarni o‘z nomiga rasmiylashtirishni 101 467 nafar erkak va 47 998 nafar ayol bloklagan. Ushbu mexanizmdan 26−35 yoshdagi fuqarolar — 50 180 kishi (foydalanuvchilar umumiy sonining 33,6 foizi) faol foydalanadi. Keyingilari:

  • 36−45 yosh — 38 257 nafar (25,6%);
  • 26 yosh — 28 692 (19,2%);
  • 46−55 yosh — 18 805 (12,6%);
  • 56 yoshdan kattalar — 13 528 (9%).