Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 5-7 noyabr kunlari tog‘larda havo harorati o‘zgarishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilinadi:
- Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarida (Chotqol tog‘ tizmasi);
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.