O‘zbekiston hududiga 5-6 noyabr kunlari sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda. 5-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. 5-6 noyabrga kelib, havo harorati asta-sekin pasayadi: kechalari 0-3 daraja iliq, ba’zi joylarda 0 darajadan past, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

5-noyabr kuni soat 20:00 dan 6-noyabr kuni soat 20:00 gacha tog‘ oldi va tog‘li hududlarda tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 12 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha ko‘tariladi.