5-noyabrda O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi, tog‘larda qor yog‘adi, tuman tushadi.

Havo harorati kunduzi 3 daraja sovuqdan 15 daraja iliqqacha, janubda 15 daraja iliqqacha, shimolda 10 daraja iliqqacha bo‘ladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda kechasi biroz yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 5-7° iliq bo‘ladi.

Kechasi 5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja iliq, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin.