Toshkent viloyatida soliq boshqarmasi sayyor tekshiruvlar bo‘limi katta inspektori pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Amaldor o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Angren shahridagi fermer xo‘jaligi rahbaridan sayyor soliq tekshiruvini ijobiy o‘tkazish va yil davomida soliq idoralari tomonidan yangi tekshiruvlar o‘tkazmaslik evaziga 5 ming dollar talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida soliq inspektori so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.