O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish vaqtinchalik uzilishdan so‘ng qayta tiklandi. Bu haqda Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) energetika kompaniyasi yozmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 3-noyabrga o‘tar kechasi Samangan va Balx viloyatlarida sodir bo‘lgan kuchli yer silkinishlari O‘zbekistondan mamlakatga elektr energiyasi yetkazib beriladigan elektr uzatish tarmoqlariga zarar yetkazgan. Ishlar takroriy silkinishlar, ko‘chkilar va kuchli shamol tufayli murakkablashdi.
Mutaxassislar shikastlanishlarni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishdi va 4-noyabr kuni kechqurun import qilingan elektr ta’minotini to‘liq tiklashdi. Elektr ta’minoti qayta tiklanganidan so‘ng Kobul, Bag‘lon, Parvon, Panjsher, Kapis, Logar, Paktiya, Maydan-Vardak, G‘azna, Lag‘mon va Nangarhorda elektr ta’minoti tiklandi, deya ma’lum qildi kompaniya.