AQSH davlat kotibi Marko Rubio 2026-yilda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Amerikalik yuqori martabali amaldor Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari ishtirokida Davlat departamentida bo‘lib o‘tgan qabulda mintaqaga tashrif buyurish niyatida ekanini ma’lum qildi.
Kelgusi yilda shaxsan men beshta davlatga tashrif buyurish niyatidaman. Bilaman, bu safar bir hafta yoki undan ko‘proq davom etadi, — dedi Rubio.
Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Amerika biznesi Markaziy Osiyo davlatlari bozorlariga kirishni kengaytirishdan manfaatdor. Rubio, shuningdek, so‘nggi 10 yil ichida hokimiyat mintaqaga yetarlicha e’tibor bermaganidan afsusda. Uning ta’kidlashicha, Donald Tramp ma’muriyati ikki tomonlama asosda yoki mintaqa darajasida birgalikda ishlashga tayyor.