Ichki ishlar vazirligi XCM deb nomlangan moliyaviy piramida faoliyati haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov xabar bermoqda.

Kun.uz Avstraliyada media kompaniya sifatida ro‘yxatdan o‘tgan moliyaviy piramida tarqalgani haqida yozdi. Ishtirokchilardan “xavfsiz hamkorlik muhitini yaratish” bahonasida omonat qo‘yish talab qilinadi, shundan so‘ng ularga videolarni tomosha qilish va yangi foydalanuvchilarni taklif qilish evaziga daromad va’da qilinadi.

Qayd etilishicha, ishtirokchilar orasida hamkasblari va tanishlarini jalb qilgan ichki ishlar organlari xodimlari ham bor.

Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu platformani targ‘ib qilishda ichki ishlar organlari xodimlarining faol ishtiroki ehtimoli yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.