O‘zbekiston Kanada va Panama bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek O‘runov ma’lum qildi.
Ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi bayonnomalar mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi bo‘yicha ishchi guruhning 11-yig‘ilishi doirasida imzolandi.
O‘zbekiston Kanada va Panama jamoalariga O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonida va ikki tomonlama muzokaralarda konstruktiv ishtirok etgani uchun minnatdorchilik bildiradi, — deb yozadi Azizbek O‘runov.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston yana uchta davlat bilan kelishib olishi kerak. Ularning ro‘yxati oshkor etilmaydi.