Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning yangilangan qiymatini taqdim etdi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, tenge va iyenadan tashqari barcha kotirovkalar qimmatlashgan. 7-noyabr kungi asosiy kurslar quyidagicha bo‘ladi:

  • AQSH dollari — 12 022,92 so‘m;
  • Yevro — 13 843,19 so‘m;
  • Rossiya rubli — 148,14 so‘m.

Shuningdek, Markaziy bank 6-noyabr uchun oltin o‘lchov quymalari narxini yangiladi: ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining 1 gramm oltini 1 570 410 so‘mni tashkil etadi. Quyida o‘lchovli quymalarning kotirovkalari keltirilgan:

  • 5 gramm — 7 852 000 so‘m;
  • 10 gramm — 15 704 000 so‘m;
  • 20 gramm — 31 408 000 so‘m;
  • 50 gramm — 78 520 000 so‘m;
  • 100 gramm — 157 041 000 so‘m.