Shavkat Mirziyoyev 5-noyabr kuni Vashingtondagi qarorgohida AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zolari Bill Xayzenga, Kerol Miller va Sidni Kamlager-Davni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Стороны рассмотрели вопросы дальнейшего укрепления отношений стратегического партнерства между Узбекистаном и США, а также расширения практического сотрудничества по линии парламентов двух стран.

Qonun chiqaruvchi organlar o‘rtasidagi aloqalar jadal rivojlanib borayotgani, AQSH Kongressida O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha kokus samarali faoliyat olib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Har yili Vakillar palatasida Kokus ko‘magida O‘zbekiston-Amerika munosabatlarini mustahkamlashga ko‘maklashuvchi O‘zbekiston kunlari o‘tkazib kelinmoqda.

Kongress oliy darajada erishilgan, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga doir kelishuvlarni amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashishi muhim ekani ta’kidlandi.

Hududlararo aloqalarni kengaytirish, qonun chiqaruvchilar vakillik qilayotgan G‘arbiy Virjiniya, Michigan va Kaliforniya shtatlari bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida AQSH Kongressi vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, shuningdek, hududlar rahbarlari boshchiligidagi ishbilarmon doiralar delegatsiyalarini o‘zaro almashish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev AQSH Senatining Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus hamraisi, senator Stiv Deynsni qabul qildi. O‘zbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbari parlamentlararo hamkorlikka, xususan, Senatda faoliyat ko‘rsatayotgan Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus ishiga yuqori baho berdi.

Ikki tomonlama hamkorlikda misli ko‘rilmagan yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo ko‘rsatkichlari o‘smoqda, AQShning yetakchi kompaniyalari bilan muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalari soni ko‘paymoqda.

So‘nggi oylarda rekord miqdordagi kelishuv va shartnomalar imzolandi. Bu galgi tashrif davomida iqtisodiy mazmundagi yangi hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. AQSH Kongressi mazkur kelishuvlarning amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlashi muhim ekani ta’kidlandi.

Senator Stiv Deyns vakili bo‘lgan Montana shtati bilan faol hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi. Davlatning O‘zbekistondagi biznes missiyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.