Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘chalardan birida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislar Nihol ko‘chasida yo‘l ta’mirlash ishlarini olib boradi. Shu munosabat bilan 5-noyabr soat 23:00 dan 6-noyabr soat 23:00 gacha quyidagilar yopiladi:
- Milliy bog ko‘chasidan aylanma harakat chorrahasigacha bo‘lgan qism.
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi.