Veolia Energy Tashkent issiq suv rangining vaqtincha o‘zgarishi bo‘yicha murojaatlar yuzasidan issiqlik tarmoqlari va uzellarini tekshirmoqda.

Kompaniya iste’molchilarning shikoyatlarini ro‘yxatga oladi, so‘ngra ular bo‘yicha boshqaruv kompaniyalari, UJMSH va bevosita boshqaruv bilan birgalikda uylarni ko‘zdan kechirish va texnik tekshiruv tashkil etiladi. Tashqi tarmoqlarning suv sifatiga ta’siri tasdiqlangan taqdirda, to‘lovni belgilangan tartibda qayta hisoblash masalasi ko‘rib chiqiladi.

Korxona vakili tomonidan iste’molchi bilan birgalikda tuzilgan dalolatnomalar qayta hisob-kitob qilish uchun asos bo‘lib, ularda aniqlangan chetga chiqishlarning xususiyati va davomiyligi qayd etiladi. Bunday dalolatnomalar imzolangandan so‘ng yashash joyidagi boshqarmaga beriladi, u yerda ular asosida belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilinadi.

Bunday muammoga duch kelgan toshkentliklar kompaniyaning call-markaziga 1347, 71 200 00 56 raqamlari yoki Telegram kanaliga murojaat qilishi mumkin.

Turar joy bo‘yicha Veolia Energy Tashkent tuman bo‘limlarining kontaktlari:

  • Chilonzor tumani bo‘limi — (71) 278-40-12, (71) 278-40-54, (78) 129-01-34.
  • Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi — (71) 267-12-26, (71) 268-32-07, (78) 129-01-38, (78) 129-01-41.
  • Mirobod tumani bo‘limi — (71) 291-80-96, (71) 299-59-60, (78) 129-01-32.
  • Olmazor tumani bo‘limi — (78) 129-01-55.
  • Sergeli (Yangihayot) tumani bo‘limi — (71) 258-09-95, (78) 129-01-53.
  • Uchtepa tumani bo‘limi — (71) 275-05-73, (78) 129-01-60.
  • Shayxontohur tumani bo‘limi — (71) 249-45-99, (78) 129-01-44.
  • Yakkasaroy tumani bo‘limi — (71) 255-71-81, (78) 129-01-49.
  • Yashnobod (Bektemir) tumani bo‘limi — (71) 296-35-02, (78) 129-01-58.
  • Yunusobod tumani bo‘limi — (71) 221-04-12, (71) 220-42-43, (78) 129-01-46.