Toshkentda bepul psixologik va huquqiy maslahatlar, oshpazlik, bichish va tikish bo‘yicha ikki oylik kurslar o‘tkaziladi. Bu haqda Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirlar Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan e’lon qilingan davlat grantlari tanlovida g‘olib bo‘lgan “Odam savdosiga qarshi birdamlik” loyihasi doirasida o‘tkaziladi.
Unda quyidagilar ishtirok etishi mumkin:
- odam savdosidan va majburiy mehnatdan jabrlanganlar;
- zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar;
- nikohga majbur qilingan xotin-qizlar;
- huquqlari buzilgan mehnat migrantlari;
- kam ta’minlangan ayollar.